Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”

15:50 01 Avgust 2019 Iqtisodiyot
5168 1

Foto: XPK

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbekenergo” AJ mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etdi.

Unda moliya vaziri yurtimizda energiya resurslari narxlari, qora bozor haqida fikrlar bildirdi.

J.Qoʻchqorov AI-80 markasidagi benzining yangi narxi AQSH dollarida 57 sentni tashkil etishini taʼkidladi.

“BAAda benzin 62 sent, Saudiya Arabistonida 58 sentni tashkil etadi. Toʻgʻri, BAA va Saudiyada maosh ham baland boʻlishi mumkin, lekin Saudiya Arabistoni, Amirlikda 10 yil avval benzin juda arzon edi. Nega hozir narx bunday qilib qoʻyildi? Ular islohotlarning boshida aholi uchun energoresurslarga bozor narxlari oʻrnatdi, shundan soʻng sarmoyadorlar kela boshlagan.

Biz hozir benzin narxini 4500 soʻm etib belgilagan boʻlsak ham, 2017-yil Buxoroda kuzatilgan 6000 soʻmlik narxga yetganimiz yoʻq. Oʻsha holat koʻpchilikning yodida boʻlsa kerak. Bozor iqtisodiyotining maʼnosi - tarozini toʻgʻrilash. Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz. Lekin kimlardir dollarni 4000 soʻmdan olgan. Yaʼni, bozor tarozisi buzilgan. Bozor iqtisodiyoti bunga chidamaydi, qopga solib qoʻysangiz ham u qadalib chiqaveradi. Qachonki, barcha narx-navo erkin boʻlmaguncha”, - dedi Jamshid Qoʻchqorov.


Izohlar


Аҳад Муҳаммадиев

“Олдин АҚШ долларини 4000 сўмдан ҳам ололмаганмиз, Олой бозоридаги қора бозордан 8000-8500 минг сўмдан олганмиз” ??? Молия вазири минг билан миллионни фарқига бормайди, шекилли...

20:1801.08.2019