Moliya sohasida omadli odamlarning miya tuzilishi bir xil ekan

14:40 06 Aprel 2018 Dunyo
960 0
Foto: Hi-News.ru

Moliyaviy xatarlardan qo’rqmaydigan va ularning asoratlariga bosiqlik bilan yondashadigan odamlarning miya tuzilishi o’zaro o’xshash ekanligi aniqlandi. 

AQShning Pensilvaniya universitetining bir guruh olimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ana shunday xulosaga kelindi, deyiladi “Neuron” jurnalida chop etilgan ilmiy maqolada.

Tajribada 108 nafar yosh va sog’lom kishi ishtirok etdi. Ularga moliyaviy xatarlar bilan u yoki bu darajada bog’langan turli stsenariylardan iborat 100dan ortiq topshiriq berildi. Masalan, ishtirokchilarga kam, lekin kafolatlangan mukofot yoki kattaroq mukofot olish uchun o’z “boyligi”ni yo’qotgan holda tavakkal qilish yo’llaridan birini tanlash taklif etildi.

Qiyin moliyaviy masalalarga echim topish uchun esa 4 soniya vaqt berildi. Shu asnoda ularning miyasida kechayotgan o’zgarishlar maxsus qurilmada qayd etib borildi.

Aniqlanishicha, vazifalar va stresslardan boshqalarga nisbatan muvaffaqiyatliroq chiqib ketganlarning miyasida kulrang modda ko’proq bo’lib, bodomsimon bez bilan prefrontal(peshona orti) qobiq(bosh miya katta yarim shari qobig’ining bir qismi) o’rtasidagi funktsional aloqalar yaxshi rivojlangan ekan.     


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?