Moldova Prezidenti oʻtirgan mashina agʻdarilib ketdi

11:17 10 Sentyabr 2018 Dunyo
341 0
Foto: publika.md

9 sentyabr kuni Moldova Prezidenti Igor Dodon oʻtirgan avtomobil korteji yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, voqea poytaxt Kishinyovdan uncha uzoq boʻlmagan Strashena-Kalarash trassasida sodir boʻlgan. Parrandachilik fabrikasiga qarashli yuk mashinasi oldindagilarni quvib oʻtish maqsadida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Lekin oldinga oʻtishga ham, orqaga qaytishga ham ulgurolmay, Moldova Prezidentining ikki avtomobili bilan toʻqnashib ketgan. Oqibatda yengil avtomashinalardan biri agʻdarilgan.

Moldova Ichki ishlar vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, prezident oʻsha zahoti shifoxonaga olib ketilgan. Unda jiddiy tan jarohatlari yoʻqligi aytilmoqda.

Baʼzi manbalarga koʻra, avtohalokat natijasida Prezidentning onasi va uning oʻgʻillaridan biri jarohatlangan. Onaning jarohati jiddiyroq boʻlib, uning bir necha joylari singan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?