Moʻynoqda yangi qurilgan stadion foydalanishga topshirildi

17:15 05 Aprel 2019 Sport
239 0

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi chogʻida Moʻynoq tumanida ham boʻlib, hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalqning turmush darajasini yaxshilish maqsadida koʻp qavatli uylar ham ijtimoiy obyektlar qurish boʻyicha bir qancha vazifalar belgilab bergan edi.

Bugungi kunda Moʻynoq tumanida “jadal kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” dasturi asosida bolalar bogʻchalari, umumtaʼlim maktablari, sport inshootlari, sogʻlikni saqlash muassasalari, madaniy obyektlarni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, zarur jihozlar bilan taʼminlash, aholining yashash sharoiti va sifatini yaxshilash maqsadida yoʻl infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tizimini modernizatsiya qilish, turar joylar qurish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining yorqin bir namunasi sifatida kuni kecha Moʻynoqda 1000 oʻrinli yangi “Aral” stadioni foydalanishga topshirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Majmuaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari A.Hamrayev ishtirok etdilar. Tadbirdan soʻng mahalliy sport ishqibozlari Xoʻjayli va Qoʻngʻirot tumanlari futbol jamoalari oʻrtasidagi oʻyinni tomosha qildilar. Matchga Ravshan Ermatov hakamlik qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?