Moʻynoqda besh nafar ovchi 13 ta jayronni otib oʻldirdi. Ular tabiatga 145 mln. soʻm miqdorda zarar yetkazgan

10:47 26 Sentyabr 2019 Jamiyat
92 0

2019-yil 23-sentyabr kuni soat 03:00 lar chamasida Moʻynoq tumani “Qozoqdaryo” ovul fuqarolar yigʻini hududida Taxtakoʻpir tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro ov miltiqlari bilan avtomashinada harakatlanib, Oʻzbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan 13 dona jayronni otib oʻldirib, qonun talablarini qoʻpol ravishda buzib, hayvonot dunyosiga 145 mln. soʻm miqdorda zarar yetkazganlar.

Mazkur holat yuzasidan 24.09.2019-yilda Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan JKning 202-moddasi 3-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?