Moʻgʻuliston prezidenti karantinga olindi

16:02 28 Fevral 2020 Dunyo
233 0

Moʻgʻuliston Prezidenti administratsiya matbuot xizmati davlat rahbari Xaltmaagiyn Battulgining Xitoydan qaytganidan keyin belgilangan qoidalarga muvofiq karantinga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni tasdiqladi.

Moʻgʻuliston Prezidenti 27-fevral kuni Xitoyga tashrif buyurgan, safari chogʻida u XXR raisi Si Szinpin va Xitoy Bosh vaziri Li Kesyanbilan muzokaralar oʻtkazgan. 

“Ha, men ham ular bilan birga boʻlgan barcha delegatsiya aʼzolari kabi, prezidentning karantinga olinganligini tasdiqlashim mumkin“, dedi Moʻgʻuliston prezidenti matbuot kotibi telefon orqali.

Prezident administratsiya saytida eʼlon qilingan bayonotga koʻra, delegatsiya tarkibida tashqi ishlar vaziri, Moʻgʻulistonning XXRdagi elchisi, favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi rahbari, prezident administratsiya rahbari va prezidentning tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi boʻlgan.

Uchrashuvlar davomida Moʻgʻuliston prezidenti Xitoyning epidemiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirdi va XXR Raisi Si Szinpinga moʻgʻul xalqidan 30 ming bosh qoʻyni Xitoyga topshirish toʻgʻrisidagi guvohnomani topshirdi. Uning taʼkidlashicha, moʻgʻul xalqi koronavirus tarqalishidan xavotirda, chunki Xitoy va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi chegara 4700 kilometrdan oshadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?