Moddiy yordam puli ajratilishi jarayonida qonunbuzilishi holatlarini sezsangiz... 

16:33 01 Avgust 2020 Jamiyat
249 0

Hozirda ayrim saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq joylarda aholi qatlamlariga moddiy yordam puli ajratilishi jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Bosh prokuratura tomonidan mazkur Farmon ijrosini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilandi hamda hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborildi.

Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi.

"Agarda bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish soʻraladi.

Murojaat uchun telefonlar:

Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007

Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007

Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007

Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007

Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007

Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007

Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007

Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007

Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007

Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007

Fargʻona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007

Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007

Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni soʻrab qoladi.

Bosh prokuratura aholi orasida yolgʻon, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!" deyiladi Bosh prokuratura rasmiy bayonotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?