MMA: Ilk bor oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati tafsilotlari

07:40 13 Mart 2020 Sport
580 0

12-15-mart kunlari poytaxtimizdagi Oʻzbekiston sport majmuasida aralash jang sanʼatlari boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida ilk marotaba Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston chempionati dasturiga koʻra dastlabki kuni 16-17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar 9 vazn toifasida bahs olib boradigan boʻlsa, 13-15-mart kunlari 18 yosh va undan kattalar chempionlik yoʻlida oʻz mahoratlari namoyish etishadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimizda aralash jang sanʼatlari boʻyicha ilk bora bu kabi musobaqa tashkil etilayotganligi bois chempionatda qatnashish istagida boʻlgan yakkakurashchilar koʻpchilikni tashkil etmoqda. Chempionat oldidan esa hakamlar uchun maxsus amaliy va nazariy seminar oʻtkazilib uni rossiyalik yetakchi mutaxassis, xalqaro toifadagi hakam Maksim Protasov olib bordi va yurtimiz hakamlariga jang qay tarzda oʻtkazilishi, qoidalar, muhim vaziyatlar haqida atroflicha maʼlumot berdi.

Turnirda 14 ta jamoa jami 200 nafarga yaqin havaskorlar ishtirok etishmoqda. Albatta avvallari mamlakatimiz aralash jang sanʼati vakillari xalqaro musobaqalarda qatnashib kelishgan va endilikda shunday imkoniyat oʻzimizda, oʻz uyimizda oʻtkazilayotganligi sportchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Endi bevosita yoshlar oʻrasidagi bahslarga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak ular: 52 kg, 57 kg, 61.2 kg, 65.8 kg, 70.3 kg, 77.1 kg, 83.3 kg, 93 kg, 120.2 kg, vazn toifalarida oʻz mahoratlarini namoyish etishadi.

Kattalar esa: 52.2 kg, 56.6 kg, 61.2 kg, 65.8 kg, 70.3 kg, 77.1 kg, 83.9 kg, 93 kg, 120.2 kg, +120 kg vaznlarda jangga kirishadi.

Oʻzbekiston chempionatining gʻolib va sovrindorlari 15-mart kuni maʼlum boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?