Misrda yosh bolani qutqarmoqchi boʻlgan 11 kishi dengizga choʻkib ketdi

11:31 12 Iyul 2020 Dunyo
275 0

10-iyul kuni Misrning shimoliy poytaxti Iskandariyada kamida 11 kishi Oʻrta yer dengizida choʻkib ketdi. Qutqaruvchilar yetti kishining jasadini topishga muvaffaq boʻlishdi, qolganlarini qidirish davom etmoqda.

Fojia "Palm-Bich"da yuz bergan. Tongda, katta kompaniya suzish uchun sohilga bordi, u yerda bola suvga choʻkishni boshladi, bir necha kishi uni qutqarishga shoshildi va natijada hamma halok boʻldi.

Shimoliy poytaxt turizm va kurort boʻyicha maʼmuriyatiga koʻra, voqea ertalab soat beshlarda pandemiya tufayli yopilgan sohilda boʻlgan va shu sababli qutqaruv xizmati u yerda boʻlmagan.

Taʼkidlanishicha, «Palm-Bich» sohili azaldan yomon nom chiqargan. Bu yerda baxtsiz hodisalar koʻplab yuz berishi tufayli u xalq orasida “oʻlim sohili” degan nomni ham olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?