Misrda qozogʻistonlik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus agʻdarilib ketdi

16:24 30 Avgust 2018 Dunyo
273 0

Kecha Misr poytaxti Qohiri shahrida 22 nafar qozogʻistonlik sayyohni olib ketayotgan avtobus yirik YTHga uchradi. Bu haqda Tengrinews.kz agentligi xabar berdi.

Manba xabariga koʻra, baxtsiz hodisa Xurgada – Qohira trassasida roʻy berdi.

Xabar berilishicha, avtobus yoʻlda agʻdarilib ketgan. Hodisa sababi hozircha maʼlum emas.

Oqibatda ikki sayyoh avvaliga yaqin oradagi aholi yashash punktida joylashgan kasalxonaga, keyinchalik Qozogʻiston konsulligi iltimosi bilan qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish uchun Xurgadadagi “Al-Misriy” shifoxonasiga oʻtkazilgan.

Qolgan yoʻlovchilarga tibbiy yordam koʻrsatilgan va ular dam olishga qaytishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?