Misrda endi koronavirusga qarshi kurash uchun soliq toʻlanadi

22:12 23 May 2020 Dunyo
119 0

Foto: islam-today.ru

Endi misrliklar koronavirusga qarshi kurash uchun soliq toʻlaydi. Misr parlamenti koronavirusga qarshi kurashda soliq deb nomlangan qonunni qabul qildi.

Xabar qilinishicha, bu ish haqining 1 foizini tashkil etadi va 1-iyuldan boshlab yil davomida olinadi. Nafaqa soligʻi 0,5 foizni tashkil etadi va oyiga 2000 funt (126 dollar) ishlaydiganlar soliqdan ozod qilinadi.

Misr hukumati matbuot xizmatining xabar berishicha, mablagʻ koronavirusdan zarar koʻrgan korxonalar va fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun sarflanadi.

Eslatib oʻtamiz, Misrda 15786 ta koronavirus holati qayd etilgan. Ularning 707 nafari koronavirusdan vafot etgan boʻlsa, 4374 kishi kasallikni yenggan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?