Misr Prezidenti Toshkentga keldi

09:01 05 Sentyabr 2018 Siyosat
338 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4 sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy maratabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Oʻzbekiston va Misr Prezidentlarining asosiy muzokaralari ertaga Koʻksaroyda boʻlib oʻtadi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar yakuni boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?