Mirziyoyev va Rahmon Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini borib ko‘rdi

13:03 18 Avgust 2018 Siyosat
206 0

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasini borib ko‘rdi.

Ushbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida tashkil etilgan. 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qayta qurilgan.

Muzey ikki zal va olti bo‘limdan iborat. Undan Mirzo Ulug‘bek davriga oid yuzdan ziyod ashyolar, kitoblar, qo‘lyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi o‘rin olgan. Shuningdek, maketlar, monitorlarda Mirzo Ulug‘bek haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar namoyish etilgan.

Emomali Rahmon rasadxonaga yuksak baho berdi. Dunyoning aksariyat o‘lkalari qoloq bo‘lgan o‘rta asrlarda ajdodlarimiz yuksak ilmiy kashfiyotlar qilgani, ular hali-hamon odamlarni hayratga solishini ta’kidladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?