Mirjalol Qosimov Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

14:43 21 Sentyabr 2018 Sport
383 0

“Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda OʻFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan maʼlumotlarga koʻra, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Mirjalol Qosimov bilan bu mavzuda shaxsan suhbatlashib, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi oldida jiddiy va masʼuliyatli vazifa turganligi, Oʻzbekistondagi barcha futbol muxlislari Oʻzbekiston terma jamoasini Olimpiadada koʻrishni intiqib kutayotganini, ularning ishonchini oqlash uchun barcha kuch va mahoratni sarflash, tinimsiz mehnat qilish zarurligini taʼkidlab oʻtgan.

Oʻz oʻrnida Mirjalol Qosimov ham zimmasiga yuklanayotgan vazifaning masʼuliyatini toʻliq his qilayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini Tokio-2020 ga olib borish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni amalga oshirishga vaʼda berib oʻtdi.

Mirjalol Qosimov endilikda Olimpiya terma jamoasi tarkibini shakllantirish ishlarini olib boradi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Olimpiya terma jamoasi uchun zarur boʻlgan turli yigʻinlar va terma jamoalar bilan oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil qilib boriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?