Mirjalol Qosimov: “Oʻzbekiston chempionatida VAR tizimini tatbiq etishga hali erta”

12:03 12 Avgust 2019 Jamiyat
91 0

Olmaliqning “OKMK” klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov nima uchun Oʻzbekiston chempionatida VAR tizimini qoʻllashga hali erta ekanligini aytdi. Shuningdek, u mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishiga baho berdi. U bu haqda Sputnik manbasiga intervyu berdi.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida VAR (Video assistant referee), yaʼni hakamning video koʻmakchisi tizimini qoʻllashga hali erta, deb hisoblaydi “OKMK” klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov

“Maydonlar mos boʻlishi kerak. Ana oʻshanda futbol umuman boshqacha boʻladi”, - dedi Qosimov. – Aytganlaridek, step by step: qadamma-qadam oldinga qarab rivojlanamiz”.

Shuningdek, u milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper ishi haqida ham bir necha ogʻiz fikr bildirdi. Shu bilan birga, u bir tarafdan turib birovning harakatiga izoh berish osonligi, shuning uchun buni yoqtirmasligini taʼkidladi.

“Kuper professional, biroq Osiyo Kubogida omadi kelmadi, - dedi u. Jahon futbolida xorijiy murabbiylarni taklif qilish amaliyoti tez-tez uchrab turadi. Lekin bizning ham ishlashi va natija koʻrsata olishi mumkin boʻlgan mutaxassislarimiz bor”.

“Paxtakor”ning sobiq mashhur hujumchisi Mirjalol Qosimov 2006-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. U dastlab Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiyining yordamchisi sifatida, keyin “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. 2018-yilning dekabr oyida Qosimov “OKMK” jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?