Mirzaobodning “Navbahor” mahllasida Oltiariq uzumlari yetishtiriladi

11:21 29 May 2020 Iqtisodiyot
131 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Mirzaobod tumanining “Sardoba” suv toshqinidan talofat koʻrgan mahallalarida Fargʻona, Namangan, Andijon va Jizzax viloyatlaridan kelgan 241 ta pudratchi tashkilot hamda 5104 nafar quruvchi qurilish-taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyatilik 1025 nafar hasharchi “Navbahor” mahallasining 8 ta koʻchasidagi 132 ta xonadonni taʼmirlamoqda.Aniqrogʻi,polidan tomigacha va hatto tandirxonasigacha almashtirib, uylarga butunlay yangicha tus berishmoqda.Eʼtiborlisi, fargʻonaliklar oʻzlari taʼmirlayotgan har bir hovliga Oltiariqning mashhur uzumlaridan ekib, milliy tok ishkomlarini ham oʻrnatib berishni reja qilishgan. Yana usta sohibkorlar kelib, “navbahor”liklarga uzum yetishtirish tajribalarini oʻrgatishi ham ana shu xayrli ish doirasidan oʻrin olgan.

Namanganliklar yurtdoshlarimiz esa 132 ta uyni chiroyli taʼmirlash bilan birgalikda har bir xonadon uchun bir sotixlik issiqxona qurib berishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?