Mirzaobod, Sardoba, Oqoltin tumanlarida joylashgan 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi

17:31 01 Iyun 2020 Jamiyat
148 0

“Sardoba” suv toshqini talafotlarini bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Xususan, Mirzaobod, Sardoba, Oqoltin tumanlarida joylashgan 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi.

Nobud boʻlgan 26 ta hayvonning jasadlari koʻmildi va koʻmilgan joylar dezinfeksiya qilindi.

4 877 ta zarar koʻrgan xonadon va 88 ta ijtimoiy soha obyektidagi hojatxonalar oʻrganilib, 4 965 ta dezinfeksiya ishlari tugatildi.

5 171 ta uy loyqadan tozalandi va 84 tonna chiqindi olib chiqildi.

62 mingga yaqin uy hayvoni kuydirgi kasalligiga qarshi emlandi.

Qozogʻistonda toshqin oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari uchun, Turkiston viloyati Maqtaaral va Jetisay tumanlaridagi amaliy ishlarga 180 nafar shaxsiy tarkib va 89 ta texnika jalb etilgan.

Bular haqida bugun AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari oʻrinbosari Samandar Hikmatullayev ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?