Mirzacho‘lga boradigan poyezd chipta narxi ma’lum bo‘ldi

14:18 02 Avgust 2018 Jamiyat
382 0
Arxiv foto

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi yangi “Jizzax – Mirzacho‘l” yo‘nalishini ishga tushirgani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishning umumiy uzunligi 80 km. bo‘lib, viloyatdagi Mirzacho‘l, Paxtakor, Do‘stlik tumanlarini qamrab oladi. Poyezdlar kuniga ikki bor soat 6:00da Mirzacho‘ldan, 19:30dan esa Jizzax shahridan yo‘lga chiqadi. Manzilga yetib borish vaqti 2 soatu 10 daqiqaga teng.

Kompaniya vakili bergan ma’lumotga ko‘ra, bir tomonga chipta narxi 3500 so‘mni tashkil qiladi. Bu yo‘lovchi taksi narxidan uch barobar arzondir. Bitta reys davomida 200 dan ortiq yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazib qo‘yiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?