Mirzachoʻlda yangi shifer korxonasi ishga tushdi

11:52 27 Avgust 2019 Jamiyat
69 0

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi bayrami olidan Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida yiliga 2 million 120 ming dona shifer ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan yangi korxona ish boshladi.

-Tumanda ancha yillardan buyon ishlamay turgan binoni “nol” qiymatida 40 milliard soʻm investitsiya mablagʻi kiritish sharti bilan oʻz balansimizga oldik va shu yerda yangi korxona buyod etdik, - deydi “Next grop story” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Xudoyor Mamadaliyev. – Hozirda Xitoy davlatida ishlab chiqilgan uskunalarni olib kelib, bitta liniyani ishga tushirdik va 100 nafar tuman fuqarolarini ish bilan taʼminladik, yil yakuniga qadar yana ikkita liniyani ishga tushirish boʻyicha marketing ishlari olib borilmoqda.

Korxonada ishlab chiqariladigan asbest-sementli shifer mahsulotlari uchun xom-ashyolarning asosiy qismi yurtimiz viloyatlaridan keltiriladi. Qurilish sohasida asbest-sement shiferlari asosan tomlarni yopishda qoʻllaniladi, chunki u olovga bardoshli, suv oʻtkazmaydigan, shovqin tutuvchi, issiqlik saqlovchi, chirimaydigan, elektr tokini oʻtkazmaslik xususiyatiga ega va asosiysi uzoq muddat foydalanish imkoni boʻlgani uchun yurtimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan shiferlarga xalq orasida xaridor juda koʻp topiladi va bozori chaqqon mahsulot hisoblanadi.

Tolibjon ERGASHEV,

(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?