Mirishkorda yuksak g‘alla xirmoni bunyod etildi (Foto)

13:52 18 Iyun 2018 Iqtisodiyot
204 0
Foto: “Xalq so‘zi”

Joriy mavsumda noqulay ob-havo kuzatilgani, suv tanqisligi ro‘y berganiga qaramay, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani dehqonlari g‘alladan mo‘l hosil oldilar. Davlatga 48300 tonna o‘rniga 50000 tonna ziyod sara don sotib, zimmalaridagi shartnoma majburiyatini ortig‘i bilan ado etdilar.

Tumanda bu yil 22845 gektar maydonda g‘allaning “Yaksart”, “Jayxun”, “Tanya”, “Andijon-2” kabi serhosil va ertapishar, eng asosiysi, hudud tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan navlari joylashtirilgan edi. 1239 ta fermer xo‘jaligi tomonidan har bir agrotexnika tadbiri o‘z vaqtida, sifatli bajarilgani tufayli mo‘l hosil to‘plandi.

Foto: “Xalq so‘zi”

G‘alla o‘rim-yig‘im ishlariga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar asosida puxta tayyorgarlik ko‘rilgani tufayli boshoqlardagi bug‘doy nest-nobud qilinmasdan, atigi 17 ish kunida saranjomlab olindi. Bunda 100 dan ziyod kombayn jalb etilgani, tashuv texnikalar kuchidan otryadlarga bo‘lingan holda foydalanilgani ayni muddao bo‘ldi.

Yuksak xirmon bunyod etishda Maxtumquli, “Yangiobod”, R. G‘oyibov, “Mirishkor”, “Jeynov”, “Pomuq”, “Chandir”, Amir Temur, “Ko‘hna Fazli”, “Avazcho‘l”, “Tojikiston”, “Toshkent”, “Oltin boshoq” massivlaridagi fermer xo‘jaliklari, ayniqsa, munosib hissa qo‘shdilar.

Foto: “Xalq so‘zi”

E’tiborli jihati, bu yilgi og‘ir tabiiy-iqlim sharoitiga qaramasdan ko‘plab ilg‘or fermer xo‘jaliklarida gektaridan 55-60 sentnerga yetkazib, hosil olishga muvaffaq bo‘lindi. “Sariqov Jo‘ra Elamonovich”, “Xoniboyev Azizbek”, “Himmat Jahongirov”, “Avazov Rahmonqul Shoymardonovich”, “Arol”, “Zaripov Begzod Asqarovich”, “Qavs”, “Azimjon”, “Yangi yo‘l”, “Berdiyeva Maqsuda”, “Ra’no Bozorovna”, “Mingeshov O‘tkir”, “Alibekov Amirxon”, “Zarina Fayzullayeva”, “Yorqin”, “Abduraim ota”, “Amirqulov Begzod”, “Avazcho‘l Murodi”, “Inom yurt faxri”, “Adham ziyo”, “Ochil dasturxon”, “Oltin boshoq sardori”, “Abdishukurov Avazmurod”, “Zafarjon Normamatovich, “Baxtli ostona”, “Asilbek Yangiboyevich”, “Rahmonqulova Kibriyo” kabi fermer xo‘jaliklari shular sirasiga kiradi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Shartnomaviy majburiyat bajarilgan bo‘lsa-da, hali dalalarda hosil mo‘l. Shu bois tajribali dehqonlar, ilg‘or fermerlar bilan o‘zaro kengashib, davlatga yana qo‘shimcha 10000 tonna sara don yetkazib berishga ahd qilishgan.

Yana bir gap, g‘alladan bo‘shagan maydonlar peshma-pesh shudgorlanib, takroriy ekin ekishga tayyorlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?