Ming nafarga yaqin harbiy xizmatchilar yangi uyli boʻldi

Foto: Hasan Paydoyev.
11 yanvar kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Olmos mahallasida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari uchun moʻljallangan, 904 ta xonadondan iborat 31 uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Uy kalitlarini oʻz egalariga topshirish marosimida mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi, general-mayor Pavel Ergashev, Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Bahodir Qurbonov, tuman hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Mazkur uylar imtiyozli ipoteka kreditlari asosida zamonaviy uslubda qurilgan boʻlib, shinam va har tomonlama qulay xonadonlarga kirgan kishining koʻngli yorishadi.
— Oʻgʻlim oʻn sakkiz yillik faoliyati davomida bir nechta viloyatda xizmat qildi, — deydi yangi xonadon sohiblarining biri boʻlgan podpolkovnik Oʻtkir Sattorovning onasi Farogʻat aya Maqsudova. — Oilasi bilan yetti marotaba ijara uy almashtirgan. Nabiralarim Xurshidjon va Elbek biri besh marta, biri uch marta maktabdan-maktabga koʻchdi. Bugun esa ular oʻzlarining Vataniga ega boʻldi. Men bundan juda ham hursandman.
Taʼkidlash kerakki, 2018 yilda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari uchun aynan shu mahallada 18 ta uyda joylashgan 540 ta xonadon imtiyozli ipoteka kreditlari asosida topshirilgan edi. Joriy yilda mazkur koʻrsatkich deyarli ikki barobar oshgan. Bu ham boʻlsa hukumatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarga qaratilayotgan eʼtiborning yorqin namunasidir.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: