Milliya gvardiya xodimi Sirdaryoda katta o‘g‘irlikni fosh etdi

12:55 01 May 2018 Jamiyat
2071 0
Foto: Milliy gvardiyasi matbuot xizmati

Kuni kecha ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda tungi xizmatni olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyati 86528-sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi tomonidan qo‘lida qop bo‘lgan shubxali shaxs to‘xtatilgan. Uning shaxsi aniqlashtirilganda 1990 yilda Baxt shahrida tug‘ilgan, fuqaro L. U. ekanligi ma’lum bo‘lgan. 

Milliy gvardiyasi matbuot xizmati

U so‘rov jarayonida Guliston shahar 3-mavzesida joylashgan oziq-ovqat maxsulotlarini sovutish va saqlashga ixtisoslashtirilgan “Grin layn” MChJ binosiga derazani buzish  yo‘li bilan kirib, u yerdagi saqlanayotgan pullarni o‘g‘irlab ketayotganligi ma’lum bo‘ldi. Jinoyatchi ushlangan zahotiyoq bu ishidan pushaymonligini bildirgan.

Qopda har xil kupyuradagi jami 37 300 200 so‘m pul mablag‘lari mavjudligi aniqlandi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabarida.
Mazkur ish bo‘yicha dastlabki surishtiruv-tergov ishlari olib borilayapti. 
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?