Milliy yadro tadqiqotlari universiteti magistraturasida oʻqish uchun ajratiladigan kvotalar ikki baravar ortadi

18:11 18 Fevral 2019 Jamiyat
357 0

Illyustrativ foto

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab “MIFI” milliy yadro tadqiqotlari universiteti (MMFI MTYAU) magistraturasida oʻqish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga ajratiladigan kvotalar ikki baravar ortadi va 30 oʻrinni tashkil etadi. Bu haqda “Oʻzatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan hozirgi paytda bakalavriatning 4 bosqich talabalari yoki fizika, energetika va issiqlik texnikasi sohasida bakalavriatni tamomlangan mutaxassislar orasidan nomzodlarni tanlash amalga oshirilmoqda. Talabalar bilimlarni yaxshi oʻzlashtirishi va rus tilini bilishi zarur.

MMFI MTYAU magistraturasida “14.04.01 Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi” va “14.04.02 Yadro fizikasi va texnologiyalari” yoʻnalishlari boʻyicha oʻqish maqsadida tanlovda ishtirok etish uchun Rossotrudnichestvoning rasmiy veb-saytida murakkab boʻlmagan roʻyxatdan oʻtish taomilini bajarishi kerak. Roʻyxatdan oʻtish paytida muqobil sifatida boshqa universitetlarni ham qoʻshish, va izohda “Rosatom” liniyasi deb koʻrsatish kerak.

Arizalar 2019 yil 15 yanvargacha qabul qilingan, “Oʻzatom” agentligi va Rossotrudnichestvo tashabbusiga koʻra arizalarni qabul qilish muddati 2019 yil 20 fevralgacha uzaytirildi.

MMFI MTYAU bitiruvchilari Oʻzbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasida kafolatli va malakali ish bilan taʼminlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?