Milliy universitetda qanday yangi fakultetlar ochildi?

14:43 19 Iyun 2019 Jamiyat
334 0

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida quyidagi fakultetlar tashkil qilindi:

- 2019/2020 oʻquv yilidan muhandislik matematikasi, kompyuter fanlari va texnologik menejment yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston – Isroil fakulteti;

- 2020/2021 oʻquv yilidan va keyingi yillarda – “Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar”, “Biofizika va muhandislik tadqiqotlari”, “Fundamental tibbiyot va biokimyo” fakultetlari.

Mazkur yangilik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2023-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Oʻz navbatida hujjatga muvofiq, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey “tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi etib qayta tashkil etildi.

Shular bilan bir qatorda Taʼlim va ilm-fan sohasidagi barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan xodimlarning oylik ish haqiga 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning ularga tenglashtirilgan darajasiga) ega boʻlgan xodimlarga 30,0 foizgacha, fan doktori (Doctor of Science) darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning ularga tenglashtirilgan darajasiga) ega boʻlgan xodimlarga 60,0 foizgacha qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?