Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyatida oʻzgarishlar yuz berishi kutilmoqda

14:45 25 Dekabr 2018 Sport
314 0

26 dekabr kuni Milliy olimpiya qoʻmitasining XVIII Bosh Assambleyasi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda 2018 yilda qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti taqdim etiladi.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik xususida maʼlumot beriladi. Shuningdek, Assambleya davomida tashkilot rahbariyatida oʻzgarishlar roʻy berishi, Ijroiya qoʻmitaga yangi aʼzolar saylanishi kutilmoqda. Demak, ertaga MOQ rahbariyatida oʻzgarishlar yuz beradi.

Bosh Assambleya yigʻilishi 26 dekabr kuni soat 16:00 da Milliy olimpiya qoʻmitasining anjumanlar zalida boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?