Milliy gvardiya safidagi bokschilar va polvon munosib ragʻbatlantirildi

10:13 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
734 0

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida munosib ishtirok etib Oʻzbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida gʻoliblikni qoʻlga kiritishida oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan bokschilar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Bobo-Usmon Baturovlar hamda bir qator xalqaro musobaqalar gʻolibi Murodjon Ahmadaliyev va Qozogʻiston Respublikasining Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan yunon-rum kurashi boʻyicha jahon saralash musobaqasida “Tokio-2020” olimpiadasi yoʻllanmasiga ega boʻlgan Elmurat Tasmuradovlarga navbatdagi harbiy unvon hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuningdek, bokschilarni tayyorlashda jonbozlik koʻrsatib kelayotgan murabbiy Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi katta oʻqituvchisi Elshod Rasulov ham Milliy gvardiya qoʻmondonining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?