Milliy gvardiya xodimi koʻprikdan oʻzini tashlamoqchi boʻlgan ayolning hayotini saqlab qoldi

17:34 10 Iyul 2019 Jamiyat
202 0

9-iyul kuni soat 21:40 lar atrofida “Qoʻyliq” dehqon bozori yonidagi koʻprik ustidan oʻzini tashlab joniga qasd qilmoqchi boʻlgan ayolni koʻrib befarq boʻlmagan aholining saʼy-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi oʻz vaqtida yetib kelgan.

Milliy gvardiya axborotiga koʻra, yordamga oshiqqan ayrim fuqarolarni toʻxtab turishga majbur qilgan qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayolning hayotini saqlab qolgan.

Shundan soʻng fuqaro hudud IIB boʻlinmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan.

Suhbat natijasida fuqaro 1992-yil 15-iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tugʻilgan A.B. ekanligi, turmush oʻrtogʻi B.E. bilan oilaviy janjallar sababli oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda fuqaro A.B.ga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?