Milliy gvardiya ayol xodimlar uchun kutilmagan bayram sovgʻasi hozirladi

01:45 08 Mart 2019 Jamiyat
1111 0

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi tomonidan, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan markaziy apparat tarkibidagi 20 nafar xotin-qizning maʼnaviy-madaniy hordiq chiqarishlari uchun qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga ekskursiya uyushtirildi.

Ekskursiya davomida ular Imom Buxoriy, Shayx Hazrat Doniyor, Amir Temur, Hazrati Xizr, Bibixonim maqbaralari, Registon majmuasi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Shohi Zinda kompleksi, shuningdek, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?