Milliy bankining ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi

09:22 15 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
223 0

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi oʻrinlarda – Oʻzmilliybank yoki emitent) tomonidan London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi va shu bilan xalqaro kapital bozorining toʻlaqonli ishtirokchisiga aylandi, deb xabar berdi Moliya vazirligi axborot xizmati.

Yevroobligatsiyalarning debyut emissiyasi Oʻzmilliybank tomonidan Citibank (AQSH), Natixis (Fransiya), SMBC Nikko (Yaponiya) va Gazprombank (Rossiya) kabi xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.

Joriy yilning 12-13-oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan roud-shou tadbiri doirasida AQSH, Yevropa, Rossiya Federatsiyasi va Osiyo mamlakatlarining 70 dan ortiq global xalqaro investorlari ishtirokida global audiokonferensiya (Global Investor Call) oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?