Milliy bank raisi Oʻzbekiston tennis federatsiyasiga rahbar boʻldi

19:52 06 Mart 2020 Sport
502 0

Fotо: МОҚ

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida 6-mart, juma kuni Oʻzbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylandi.

Konferensiyani Oʻzbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti Iroda Toʻlaganova olib bordi. Federatsiyaning yangi rahbarligiga Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari nomzodni bir ovozdan maʼqulladi va Alisher Mirsoatov Oʻzbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi deb eʼlon qilindi.

Federatsiyani uzoq yillar boshqarib kelgan Rustam Inoyatov MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonovning taklifiga koʻra tashkilotning faxriy prezidenti etib saylandi.

Shundan soʻng, federatsiyaning yangi rahbari Alisher Mirsoatov ham oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Tennis mening eng sevimli sport turlarimdan biri. Avvalgi rahbariyat professional ish olib bordi. Endi mendan 2-3 barobar samarali ishlash talab etiladi. Bu jamoa bilan bor kuch-gʻayratimni berib ishlashga vaʼda beraman. Bilasizmi, televizorda bayrogʻimizning yuqori koʻtarilgani, madhiyamiz yangraganini eshitganimda qalbim faxr va gʻururga toʻlar edi. Endi mana shunday gʻalabalarimiz tennis bilan yana-da koʻpayishi yoʻlida astoydil mehnat qilamiz. Muhtaram prezidentimizning sportni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida qaratayotgan eʼtiborlari bilan barcha narsaga erisha olamiz”, – dedi Alisher Mirsoatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?