Milliy bank Germaniya banki bilan 500 mln yevrolik kelishuv imzoladi

15:09 24 Iyul 2018 Iqtisodiyot
182 0
Foto: Deutsche Bank

Milliy bank Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida Deutsche Bank bilan 500 million yevro miqdorida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur bitim iqtisodiyotning energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, neft-kimyo, infratuzilma, metallurgiya, aviatsiya va boshqa turli sohalarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini ajratishni nazarda tutadi.

Bitimning o‘ziga xosligi shundaki, turli davlatlar, jumladan, AQSH, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyadan uskunalar hamda texnologiyalar importi uchun uzoq muddatli moliyalashtirish taqdim etiladi.

Bundan oldin Milliy bank Germaniyaning boshqa yetakchi banklari, xususan, Commerzbank AG va AKA Bank bilan ham kelishuvlar imzolagandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?