Milliy arxeologiya markazi tashkil etildi

16:42 23 Sentyabr 2019 Jamiyat
132 0

Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

- Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazi;

- Arxeologik tadqiqotlar instituti negizida Ya.Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti.

Markazning asosiy vazifalaridan biri arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yoʻnaltirish va arxeologik izlanishlarda zamonaviy tadqiqot uslublarini keng qoʻllashdan iborat.

Qarorga koʻra, ochiq osmon ostidagi muzeylarda va arxeologiya namoyishi obyektlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida:

- tashrif buyuruvchilarga kirish chiptalari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sotiladi;

- milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdo shaxobchalari, shu jumladan ularni tayyorlash boʻyicha mahorat darslari tashkil etiladi;

- zamonaviy sanitariya-gigiyena shaxobchalari tashkil etiladi.

2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Namangan viloyatida Axsikent yodgorligi asosida keng xalq ommasiga tarix bilimini targʻib etish hamda turizmni rivojlantirish maqsadida “Oʻtmishga sayohat” xalqaro tarixiy-madaniy festival oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?