«Mikrokreditbank» oʻquvchi va talabalar oʻrtasida tanlov eʼlon qiladi

16:09 28 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
113 0

«Mikrokreditbank» ATB aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va 31-oktyabr — Butunjahon jamgʻarish kuni doirasida oʻquvchi va talabalar oʻrtasida “Mening jamgʻarma seyfim” hamda “Mening unikal (yagona) omonatim” nomli ijodiy tanlovlarni eʼlon qiladi. Shuningdek, tanlovda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham qatnashishlari mumkin.

“Mening jamgʻarma seyfim” ijodiy rasmlar tanlovida 5-13 yoshli bolalar ishtirok etishlari mumkin. Bunda ular oʻzlari pul yigʻib boradigan buyum va ashyolar rasmi yoki shunga doir tasavvurlarini chizib, Mikrokreditbank xodimlariga joʻnatish lozim.

Ijodiy rasmlar tanlovida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi: 1-oʻrin: Planshet Samsung; 2-oʻrin: Aqlli soat; 3-oʻrin: 3D ruchka

 “Mening unikal (yagona) omonatim” mavzusidagi insholar tanlovi (erkin shaklda) esa 9-11-sinf oʻquvchilari hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladi. Ishtirokchilar mavzuga doir matnlarni kompyuterda terilgan holda, “Times New Roman” 14 oʻlchamli shriftda 3 varaqdan oshmagan hajmda yuborishlari kerak.

 Insholar tanlovida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:  1-oʻrin: Planshet Samsung, 2-oʻrin: Aqlli soat, 3-oʻrin: 3D ruchka

 Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari oʻrtasidagi tanlov (Instagram va/yoki Feysbuk) qatnashchilardan Mikrokreditbank logotipi bilan suratga tushib, rasmni #mikrokreditbank, #jamgarmaqil, #jamgarishkuni2020, #mkbjamgarma heshteglari bilan belgilashlari talab etiladi. Eng koʻp ovoz (layk) yiqqan ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.

Ijtimoiy tarmoqda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar quyidagi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi: 1-oʻrin: Noutbuk, 2-oʻrin: Ipad, 3-oʻrin: Televizor

 Ishtirokchilarning ijodiy ishlari 2020-yilning 30-oktyabr soat 17:00ga qadar +998971309666 (@mkbank1103) raqamidagi telegram manzilida qabul qilinadi. Eslatib oʻtamiz, har bir ishtirokchi manzili va telefon raqamini koʻrsatishi shart. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi soha akkaunt egalari ham alohida tekshiriladi.

 Tanlov gʻoliblari joriy yilning 31-oktyabr kuni Mikrokreditbankning mkb.uz veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Reklama huquqi asosida

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?