«Mikrokreditbank» ATB: Yangi tartib asosida 99 nafar fuqaroga 21,3 mlrd. soʻmlik ipoteka kreditlari ajratildi

22:01 11 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
177 0

Prezidentimizning 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, aytish joizki, ayrim odamlarning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhim hujjatlardan biri boʻldi. Zero, oʻz uy-joyi boʻlishga nima yetsin!?

Ayni paytda respublikamiz tijorat banklarini tomonidan ushbu hujjatda belgilangan vazifalar ijrosiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan koʻp qavatli uylarni qurishni moliyalashtirish va aholiga ipoteka kreditlari ajratishga masʼuliyat bilan yondashilyapti.

Farmonga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan Konsepsiya talablaridan kelib chiqib, Bank filiallari tomonidan aholiga koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratishning yangi ichki tartibi ishlab chiqildi.

Shuningdek, joriy yilning 5-mart kuni Moliya vazirligi bilan «Mikrokreditbank» ATB oʻrtasida 500 mlrd. soʻmlik Bosh kelishuv imzolandi. Shu kunga qadar olingan resurs hamda ishlab chiqilgan tartib asosida 99 nafar fuqaroga 21,3 mlrd. soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi
“Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi tartibi belgilandi. Shunga koʻra, hududlardagi tuman va shaharlarda tashkil etilgan subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish komissiyasi tomonidan «Mikrokreditbank» orqali uy-joy sotib olishi uchun jami 199 ta fuqaroga ijobiy qaror qabul qilingan. Shundan boshlangʻich badali uchun 22 ta, foizi uchun 119 ta hamda 58 ta fuqaroga ikkalasi yaʼni, foizi va boshlangʻich badali uchun ijobiy qaror berilgan.

Bugungi kunga qadar tuman (shahar) Gʻaznachilik boʻlimlariga subsidiya olish uchun 11 ta 307,5 mln. soʻmlik buyurtmanoma yuborildi hamda shundan 10 ta fuqaroga 283,5 mln. soʻm mablagʻ bankka kelib tushdi va 7 kishiga ipoteka krediti ajratildi.

Shu bilan birga, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 1-mayda tasdiqlangan “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yana-da kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror ijrosi doirasida quyidagi ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdorini hududlar boʻyicha oʻzgargan qiymati fuqarolarga toʻgʻri va toʻliq yetkazildi, bank ichki tartibiga bundan keyin ajratiladigan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilga ajratish boʻyicha oʻzgartirish kiritildi,

Davlatimiz rahbarining yuqorida nomi keltirilgan Farmoniga asosan 40 nafar fuqaroga ajratilgan kredit muddati 15 yildan 20 yilga uzaytirildi.

Mamlakatimiz aholisining asosiy ehtiyojlaridan biri hisoblangan uy-joyga boʻlgan talabni qondirish maqsadida koʻp qavatli uylarni qurish, pirovardida, hududlar qiyofasini zamonaviylashtirish va urbanizatsiya darajasini oshirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi «Mikrokreditbank» tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bank axborot xizmati.

Reklama huquqlari asosida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?