“Mikrokreditbank” ATB va Vengriyaning “Eksimbank”i oʻrtasida bitim imzolandi

15:25 18 Mart 2020 Jamiyat
94 0

Poytaxtimizda Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Vengriya hukumatolararo komissiyasining beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish doirasida “Mikrokreditbank” ATB va Vengriyaning Eksport-import banki (“Eksimbank”i) oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Ushbu bitim 10 yilgacha boʻlgan muddatda 10 million yevro miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilishni koʻzda tutgan boʻlib, kichikva oʻrta biznes subyektlarini moliyalashtirish va bank moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida texnik uskunalar xarid qilish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishni oʻz ichiga oladi.

Maʼlumot uchun: “Eksimbank” Vengriyaning kredit va import sohasidagi yetakchi moliyaviy tashkilotlaridan biri boʻlib, vengriyalik eksport qiluvchilar faoliyatini samarali moliyalashtiradi, kafolat va sugʻurtalar berish orqali xizmat koʻrsatadi.

Bank axborot xizmati.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?