Mixail Shmakov: “Islohotlar zamirida Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuchli siyosiy irodasi mujassam”

21:21 24 Dekabr 2018 Siyosat
316 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan Kasaba uyushmalari umumkonfederatsiyasi (KUU) Ijroiya qoʻmitasi sayyor yigʻilishida muxbirimiz Kasaba uyushmalari umumkonfederatsiyasi Prezidenti Mixail Shmakovdan intervyu oldi.

“Mamlakatingizning nafaqat tashqi, ayni chogʻda ichki siyosatini ham kuzatib boraman. Agar tashqi siyosatda yurtingiz xalqaro hamjamiyatga oʻz ochiqligini namoyon etayotgan boʻlsa, ichki siyosatda qator dolzarb masalalar barobarida, ijtimoiy-mehnat sohasidagi masalalarni muvaffaqiyatli hal etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini samarali taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani bizni quvontiradi. Bularning zamirida, shubhasiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuchli siyosiy irodasi mujassam, — deydi Mixail Shmakov, Kasaba uyushmalari umumkonfederatsiyasi Prezidenti. — Shularni inobatga olib, davlatingiz rahbarini Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasining “Kasaba uyushma harakati oldidagi xizmatlari uchun” Faxriy oltin nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi taklif ilgari surildi va bu barcha aʼzolarimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Sayyor yigʻilishdagi keyingi masala — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasini KUUga aʼzo sifatida qabul qilish boʻldi. Bu masalada ham aʼzolarimiz yakdillik koʻrsatishdi. Aslida, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bunga har jihatdan haqli. Fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoyalash, aholining bandligi, mehnat muhofazasi, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish yoʻnalishlarida olib borilayotgan tizimli ishlar buning yoqqol isbotidir. Shularga mos holda fuqarolar oʻz bilim va salohiyatini namoyon etishi hamda ular faolligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratish choralari koʻrilmoqda.

Umuman, tashkilot tarkibiga yangi aʼzo qoʻshilganidan mamnunmiz. Bu kelgusida aʼzo davlatlar kasaba uyushmalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonaman”.
“Xalq soʻzi” muxbiri
Zokir XUDOYSHUKUROV yozib oldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?