MIB Toshkentda 10 ta oilani yarashtirdi

17:25 13 May 2019 Jamiyat
277 0

Illyustrativ foto

Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman boʻlimi tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining 13.11.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Q. F.dan undiruvchi Sh. F.ning foydasiga 1/4 qismi miqdorida 26.10.2018 yildan boshlab, aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud boʻlib, ijro harakatlari davomida qarzdor va undiruvchi Byuroning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan targʻibot tushuntirish ishlari natijasida bugungi kunda oila yarashtirilgan, birga yashashmoqda.

Shuningdek, Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining 04.11.2018 yildagi sud buyrugʻiga asosan, qarzdor M. A.dan undiruvchi N. A. foydasiga 16.10.2016 yildan boshlab, har oylik ish haqi va barcha turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida yaʼni ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud boʻlib, Byuroning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan targʻibot ishlari natijasida bu oila oʻzaro yarashib yashashmoqda.

Bundan tashqari, olib borilgan profilaktik-tushuntirish ishlari natijasida, Z. A. va Sh. A., J. M. va G. B., M. M. va D. M., D. U. va O. U., B. A. va S.A., B. G. va G.G., M. M. va F. B., D. Z. va N. A.larning ham oilalari yarashtirildi. Bugungi kunda ushbu oilalar bir oila boʻlib yashamoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?