MIB xodimiga hujum qilgan quvalik shaxs javobgarlikka tortiladi

12:06 11 Sentyabr 2019 Jamiyat
132 0

MIB Quva tuman boʻlimi davlat ijrochisi Oʻ.T (1997-y.t.) qarzdor M.X. dan (1986-y.t.) aliment undirish haqidagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida uning yashash xonadoniga borganda, u MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik koʻrsatib, temir jism bilan uning oyogʻiga urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 10-sentyabrda tuman prokuraturasi tomonidan M.X. ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?