MIB faoliyatidan: Qamoqdan ozod qilindi. Biroq ish bungacha bormasligi ham mumkin edi...

14:33 11 Dekabr 2018 Jamiyat
692 0

Illyustrativ foto

Jinoyat ishlari boʻyicha Buvayda tuman sudining 25.05.2018 yildagi hukmiga asosan fuqaro M. Xakimov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 44.932.500 soʻm jarima jazosi tayinlangan.

M. Xakimovning yashash manzili boʻyicha Majburiy ijro byurosi Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan 23.06.2018 yilda 16237-sonli ijro ishi qoʻzgʻatilib, ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish haqidagi qaror nusxasi qarzdorga topshirilib, ijro hujjatida koʻrsatilgan talablarni bajarish uchun 15 kun ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq, qarzdor M.Xakimov oʻziga belgilangan ixtiyoriy muddat davomida jinoiy jarimani toʻlamaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib, undan davlatga 4,0 mln. soʻm undirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor M.Xakimov jinoiy jarimani toʻlamasdan davlat ijrochisidan qochib yashirinib yurgan, shu bilan birgalikda uning nomiga rasmiylashtirilgan transport, koʻchmas va boshqa mulklar mavjudligi aniqlanmagan.

Shunga koʻra, qarzdorga nisbatan jazoni boshqa jazo turiga almashtirish masalasini hal etishlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 44-moddasi tartibida JIB Qoʻqon shahar sudiga taqdimnoma kiritilib, sudning 18.10.2018 yil kungi ajrimiga asosan qarzdor M. Xakimov tomonidan toʻlanmagan 40 932,5 ming soʻm jarima jazosi 1 yil 5 oy 1 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan va sud zalidan qamoqqa olingan.

Shu kunning oʻzidayoq qarzdor M. Xakimov tomonidan 40 932,5 ming soʻm jinoiy jarima toʻliq toʻlanib, sud qarori bekor qilingan va u sud zalidan qamoqdan ozod qilingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?