MIB asossiz qarzdorlikni asosli ravishda hisobdan chiqardi

11:53 15 Avgust 2019 Jamiyat
198 0

Majburiy ijro byurosi Quva tuman boʻlimi tomonidan mazkur tumandagi Paxtakor MFY Oʻzbek koʻchasidagi aholi isteʼmolchilari xatlovdan oʻtkazish jarayonida ichimlik suvidan boʻlgan qarzdorliklar oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Quva tumani Paxtakor mahallasida jami 329 ta isteʼmolchida 33.6 mln. soʻm qarzdorlik mavjudligi, shundan mahallaning Oʻzbek koʻchasida yashovchi 131 isteʼmolchida 21,5 mln. soʻm debitor qarzdorlik vujudga kelgani aniqlangan.

Mazkur isteʼmolchilar ichimlik suvini “Quva Tekistil” MCHJga tegishli boʻlgan ichimlik suvi qudugʻidan tortilgan 1 dona (d-25 mm.li) koʻcha jumragidan uzoq masofalardan tashib isteʼmol qilishi, ushbu quduq “Suvoqava” DUK Quva tuman filiali tomonidan suv minorasi hamda suv nasosi bilan taʼminlanmagani, ushbu hududga “Suvoqava” DUK Quva tuman filiali tomonidan hech qanday xizmat koʻrsatilmasligi, mahalla koʻchalari markaziy va ichki tarmoqlar bilan taʼminlanmaganligi, shuningdek, hududdagi aholi isteʼmolchilari bilan ichimlik suvi uchun shartnomalar mavjud emasligi, shunday boʻlsa-da ichimlik suvi va oqava xizmatlarini hisoblash “Water Control” dasturida Paxtakor MFY Oʻzbek koʻchasida yashovchi 131 isteʼmolchiga 21,5 mln. soʻm asossiz qarzdorlik hisoblangani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, tegishli tartibda asossiz qarzdorliklar yuzasidan joriy yilning xatlov dalolatnomasi rasmiylashtirilib, yuzaga kelgan asossiz qarzdorliklar “Water Control” dasturidan chiqarilishi taʼminlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?