MIB 180 nafar ishchisiga 450 million soʻm ish haqini undirib berdi

17:37 12 Aprel 2019 Jamiyat
249 0

Illyustrativ foto

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ijro varaqalariga asosan qarzdor Toshkent viloyati MTPlari birlashmasi AJ  180 nafar fuqarolar foydasiga 450. mln soʻm oylik ish haqi undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining boʻlim ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini taʼminlash yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, tashkilot ish faoliyati yurmayotganligi, xodimlarga oʻz vaqtida oylik maoshlarini toʻlashga mablagʻlar yetarli emasligi aniqlangan.

Shundan soʻng, ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli koʻchmas mulk binosi xatlangan va mazkur bino elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotuvga qoʻyilgan.

Natijada, mol-mulklari sotuvidan tushgan pul mablagʻlari evaziga, 
180 nafar korxona ishchilari foydasiga 450 million soʻm oylik ish haqi  undirib berilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?