Me’yoridan kam yoki ko‘p uxlash aqli zaiflikka olib kelishi aniqlandi

12:29 08 Iyun 2018 Lifestyle
272 0

Yaponiyalik olimlar juda kam va juda ko‘p uxlash demensiya, ya’ni aqli zaiflik rivojlanishi va 60 yoshdan katta bo‘lgan insonlarda o‘lim xavfini oshishiga olib kelishini aniqlashdi.

Bu haqidagi izlanish natijalari Journal of the American Geriatrics Society ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqotda 1517 kishi ishtirok etdi. Ular o‘n yil davomida kuzatib borildi. O‘tgan davrda ko‘ngillilarning 294 nafarida aqli zaiflik rivojlandi, 282 nafari vafot etdi.

Demensiyaga yo‘liqish va hayotdan ko‘z yumish ko‘rsatkichlari bir kecha kunduzda besh soatdan kam yoki o‘n soatdan ko‘p uxlaydiganlarda uyqu uchun 5-9 soat ajratadiganlarga nisbatan yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Biroq ayrim keksa insonlardagi jismoniy faollik uyqu gigiyenasiga rioya etmaslikdan kelib chiqadigan kasalliklarga duchor bo‘lish xavfini pasaytirar ekan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?