Metroda yuzaga kelgan nosozlik sabab darslarning boshlanish vaqti oʻzgardi

15:49 06 Dekabr 2018 Dunyo
136 0

Foto: syfeed.com

Tokio metro liniyasini yetti soat davomida toʻxtab qoldi. Buning natijasida 290 ming nafarga yaqin yoʻlovchi ishga va oʻqishga kechikib borgan.

RIA Novosti xabariga koʻra, Tokio metrosining Asakusa yoʻnalishi va Keysey shahri temir yoʻllari boʻylab poyezdlarning harakatlarini muvofiqlashtirib turuvchi tizimda yuzga kelgan nosozlik yuqoridagi holatga sabab boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, nosozlikni bartaraf etish uchun yetti soat vaqt ketgan. Shu bois koʻplab taʼlim muassasalarida darslar va imtihonlarning boshlanish vaqti oʻzgartirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?