Metroda portlash. Olti nafar yoʻlovchi tan jarohati olgan

15:47 17 Sentyabr 2018 Dunyo
874 0
Foto: gacetinmadrid.com

Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi metro stansiyalaridan birida portlash sodir boʻldi.

Bu yerda yoʻlovchilardan biriga tegishli noutbuk portlab ketgan. Telemadrid telekanali xabariga koʻra, baxtsiz hodisa Principe de Vergara stansiyasida yuz bergan. Buning oqibatida olti kishi tan jarohati olgan. Portlash ovozi va uning natijasida yuzaga kelgan tutun yoʻlovchilarni sarosimaga solib qoʻygan. Shu bois metroning ushbu yoʻnalishida harakat vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan.

El Mundo nashrining yozishicha, noutbuk yoʻlovchilardan birining sumkasida boʻlgan. Oqibatda uning oʻzi va yaqinidagi yoʻlovchilarga ziyon yetgan.

Manbada jabrlanganlarning ahvoli haqida maʼlumot berilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?