Messi yana “Barselona” mashgʻulotlariga qaytdi

00:03 08 Sentyabr 2020 Sport
198 0

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi nihoyat, dushanba kuni Kataloniya jamoasi ixtiyoriga qaytib keldi, deb yozmoqda RAC1.

Manbaning xabar berishicha, taʼtildan keyin Lionel Messi Ronald Kuman qoʻl ostidagi ilk mashgʻulotga hammadan avval birinchi boʻlib yetib kelgan. U yakshanba kuni uyida koronavirusga test topshirgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Messi “Barselona”dan ketishini eʼlon qilgach, klub futbolchi uchun 700 million tovon puli talab qilgandi. Oxir-oqibat klubi bilan sudlashishni istamagan Messi boshqa jamoalarning qiziqishiga qaramay, yana bir mavsum Kataloniyada qolishini eʼlon qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?