Messi uch oyga diskvalifikatsiya qilindi

09:46 05 Avgust 2019 Sport
262 0

Janubiy Amerika futbol assotsiatsiyasi Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini uch oyga futboldan chetlashtirdi. Messi ushbu tashkilotni korrupsiyada ayblagani uchun ana shunday qaror qabul qilingan. Bu haqda championat.com manbasi xabar berdi.

32 yoshli hujumchining diskvalifikatsiya muddati qaror eʼlon qilingan kun(3-avgust)dan boshlab kuchga kiradi. Shunday qilib Lionel Messi noyabr oyi boshigacha Argentina terma jamoasining na oʻrtoqlik va na rasmiy uchrashuvlarida maydonga tusha oladi. U Chili, Meksika va Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik va 2022-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi.

Oʻz navbatida Messi 50 ming AQSH dollari miqdorida jarima ham toʻlashi kerak. Futbolchi dastlabki yetti kun ichida apellyatsiya berish huquqiga ega.

Xabaringiz bor, shu yilgi Amerika Kubogi yarim finalida Braziliyaga qarshi kechgan bahsda argentinaliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishgandi. 

Oʻshanda Messi bellashuv bosh hakamini match davomida biror marta ham VAR tizimga murojaat qilmaganlikda ayblagandi. Qolaversa, turnirda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan terma jamoasiga bronza meddalarini topshirish marosimida ham ishtirok etmadi.

Avvaliga Messi 1,5 ming dollar jarimaga tortilib, 1 ta oʻyindan chetlashtirilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?