Merkel haqiqiy Yevropa armiyasini tuzishga chaqirdi

16:44 14 Noyabr 2018 Dunyo
247 0

Foto: Google Images

Germaniya kansleri mazkur gʻoyaning amalga oshirilishi Yevropa Ittifoqi davlatlari ahilligini koʻrsatishiga ishonch bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Siyosatchi oxirgi yillardagi voqealarni inobatga olib shunday chora zarurati tugʻilganini aytib oʻtdi.

U ushbu loyihaning roʻyobga chiqishi NATO gʻoyalariga qarshi kelmasligi, aksincha, YEI davlatlari jipsligini namoyon etishini taʼkidladi.

“Yagona Yevropa armiyasi butun dunyoga Yevropa davlatlari ichida endi hech qachon urush boʻlmasligini koʻrsatgan boʻlardi”, - dedi Merkel.

Shunga oʻxshash fikr yaqinda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan ham bildirgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?