Merkel Germaniya yana karantinga qaytishini eʼlon qildi

23:57 28 Oktyabr 2020 Dunyo
195 0

Foto: Deutsche Welle

Germaniyada karantin joriy etilishi maʼlum qilindi. “Reuters” xabariga koʻra, bu haqda kansler Angela Merkel aytib oʻtgan. Uning taʼkidlashicha, karantin cheklovlari 2-noyabrdan boshlanadi va kamida oy oxirigacha joriy etiladi.

Shu bois teatrlar, kinoteatrlar, fitnes markazlari, goʻzallik salonlari va mehmonxonalar yopilmoqda. Kafe va restoranlar faqat taomlarni oʻzi bilan olib ketuvchi mijozlarga xizmat koʻrsatadi. 

«Biz shaxsiy aloqalarni kamaytirishga qaror qildik. Uchrashuvlar va ziyofatlar ishtirokchilari soni yana-da qattiqroq nazorat qilinadi", - deydi kansler.

Maktablar va bolalar bogʻchalari oʻz faoliyatini “yaxshilangan gigiyena standartlari” asosida davom ettiradi. Maktablar va maktabgacha tarbiya muassasalari ishini taʼminlash Merkelning taʼkidlashicha, yangi karantinning “siyosiy maqsadi” deb hisoblanadi.

Kanslerning soʻzlariga koʻra, Germaniyada koronavirusning tarqalish darajasi juda yuqori va agar bu dinamika davom etsa, sogʻliqni saqlash tizimi bir necha hafta ichida dosh berolmay qoladi.

Mamlakatda koronavirus 472,531 kishi zararlangan. Ayni paytda 331 791 kishi sogʻaygan, 10196 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?