Meritokratiya tamoyili asosida Bekobod tumani hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

17:42 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
200 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali viloyat hokimligi bilan hamkorlikda hokim oʻrinbosari vakant lavozimiga boʻlgan ochiq mustaqil tanlovni soʻngi bosqichi, suhbat jarayonini oʻtkazdi.

Hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari vakant lavozimiga jami 13 nafar nomzod hujjat topshirgan boʻlib, suhbat jarayoniga 4 nafar nomzod malaka talablari asosida saralab olindi hamda joriy yilning 16-oktyabr kuni vakant boʻlgan hokim oʻrinbosari lavozimiga ochiq mustaqil tanlov ZOOM platformasi orqali boʻlib oʻtdi.

Meritokratiya tamoyili asosida oʻtkazilgan tanlovda Avaz Jumaboyev eng munosib nomzod deb topilib, Bekobod tuman hokimining 2020-yil 16-oktyabrdagi qaroriga asosan hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?