“Mening Toshkentim” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi (foto)

14:42 26 Avgust 2018 Jamiyat
515 0
Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Bugun Toshkent shahar hokimligida “Mening Toshkentim” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tanlov shahar hokimligi tomonidan joriy yilning iyul oyi oxirida eʼlon qilingan boʻlib, poytaxt aholisida oʻz ona shahriga muhabbat, faxr va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishni maqsad qilgan.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Tanlovda professional va havaskor yoshlar oʻzlarining 400dan ortiq ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Tanlov nizomiga muvofiq, eng yaxshi ishlar ijtimoiy tarmoqlar orqali ovozga qoʻyilgani tanlov gʻoliblarini aniqlashda haqqoniylik, odillik va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qildi.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Ovoz berishi natijalari boʻyicha “Kreativ foto” nominatsiyasida Saidova Saida, “Eng yaxshi surat” nominatsiyasida 11 sinf oʻquvchisi Kixayeva Aleksandra, “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasida “Oila” jurnali ilmiy kotibi Saurjan Yakupov, “Eng yaxshi panorama” nominatsiyasida Gʻofforov Zokir, “Eng yaxshi selfi” nominatsiyasida I.I. Mechnikova nomidagi Sankt- Peterburg tibbiyot universiteti kurs talabasi Kalashnikova Anna gʻolib, deb topildilar.

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq soʻzi”

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J. Ortiqxoʻjayev tanlov gʻolib va sovrindorlariga mukofotlar (noutbuklar, planshet va smartfonlar) va ragʻbatlantiruvchi sovgʻalarni (polo futbolkalari va kepkalar) shaxsan topshirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?